Somaliyaning poytaxti Mogadishuda kecha uyushtirilgan bombali hujumni qoralandi

Islom Hamkorlik Tashkiloti, Somaliyaning poytaxti Mogadishuda kecha uyushtirilgan bombali hujumni qoraladi.

1042333
Somaliyaning poytaxti Mogadishuda kecha uyushtirilgan bombali hujumni qoralandi

Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT), Somaliyaning poytaxti Mogadishuda kecha uyushtirilgan bombali hujumni qoraladi.

IHT Bosh kotibi Yusuf bin Ahmed el-Useymin bergan bayonotida, Mogadishuda kuni kecha uyushtirilgan terror hujumini qoralab, "Tinch aholi va hukumat binolarini nishonga olgan bu hujum, Somaliyada tinchlik va barqarorlikka bolta urishdir" deb ifoda etdi.

Hujumda qurbon bo'lganlarning oilalariga hamdardlik, yaradorlarga shifo tilagan Useymin, xalqaro tinchlik va barqarorlikka zarba urgan terror faoliyatlariga IHTning qarshi bo'lganiga diqqat qaratib "Terrorga qarshi kurash uchun xalqaro sheriklarni dastaklash"ga chaqirdi.

Mogadishuning markazidagi Holodag' hududida kuni kecha, to'xtab turgan bomba yukli moshina bilan uyushtirilgan, Shabab tashkiloti zimmasiga olgan hujumda qurbon bo'lgani va tan jarohati olganlar borligi bildirildi.



Aloqador xabarlar