Afg’onistonda bir hafta ichida 200dan ortiq askar Tolibon hujumlarida halok bo'ldi

Afg’onistonda Tolibonning xavfsizlik kuchlariga nisbatan sodir etayotgan hujumlari oxirgi paytlarda yanada avj oldi.

1032738
Afg’onistonda bir hafta ichida 200dan ortiq askar Tolibon hujumlarida halok bo'ldi

Afg’onistonda Tolibonning xavfsizlik kuchlariga nisbatan sodir etayotgan hujumlari oxirgi paytlarda yanada avj oldi.

Oxirgi marta Bag’lan viloyatida 38 askar Tolibon tomonidan o’ldirilgan. Bir hafta ichida Tolibon hujumlarida halok bo’lgan askarlar soni taxminan 200 dan oshdi.

Tolibon bugun erta tongda mamlakat shimolidagi Bag’lan viloyatida joylashgan harbiy bazaga hujum qildi.

Rasmiy manbalarda yozilishicha, hujumda 38 askar halok bo’lgan. Afg’oniston matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, qurbonlar soni 45 kishiga yetgan.

Tolibonning kecha tunda Zabul viloyatiga qarashli Kalat shahridagi harbiy nazorat postiga hujum qilganligi xabar qilindi.

Bu hujumda 12 askar halok bo’lganligi aytilmoqda.

Bundan tashqari, kecha tongda mamlakatning Faryob viloyatida sodir bo’lgan Tolibon hujumida 20dan ortiq askar halok bo’lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston , #Bag'lan , #Faryob , #hujum

Aloqador xabarlar