Saudiya Arabistoni qiroli va Misr prezidenti uchrashdi

Misr matbuotida tarqatilgan siyosiy sharhlovchilarning mulohazalariga ko’ra, Misr va Saudiya Arabistoni yetakchilari Yaman muammosiga hamkorlikda yechim topishga harakat qilmoqda.

1032692
Saudiya Arabistoni qiroli va Misr prezidenti uchrashdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Tebuk hududidagi Neom shahriga tashrif buyurdi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni rasmiy xabar agentligi SPA xabar berdi.

Xabarga ko’ra, tashrif chog’ida Saudiya Arabistoni qiroli va Misr prezidentiga Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Misr milliy razvedka tashkiloti rahbari Abbos Komil ham hamrohlik qilgan.

Uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar atroflicha muhokama qilingan. Uchrashuv haqida boshqa batafsil ma’lumot yo’q.

Misr matbuotida tarqatilgan siyosiy sharhlovchilarning mulohazalariga ko’ra, Misr va Saudiya Arabistoni yetakchilari Yaman muammosiga hamkorlikda yechim topishga harakat qilmoqda.

Darvoqe, Yaman prezidenti Abdurabbi Mansur Hadi avvalgi kuni davlat tashrifi bilan Misrga kelgan edi. U prezident Sisi va boshqa vakillar bilan uchrashgan edi.

Qirol Salmon va Sisi uchrashuviga mezbonlik qilgan Neom shahri Saudiya Arabistoni shimoli-g’arbida joylashgan Tebuk hududidagi Akabe ko’rfazi sohilida o'rin olgan.

Eslatma: Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon 2017 yil 24 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Misr hududlarini qamrab olgan 26500 km kvadratlik maydonda “Neom” deb nom berilgan ulkan investitsiya loyihasini ro'yobga chiqarishini e’lon qilgandi.

Mazkur loyihaga 500 mlrd dollar mablag’ sarf etilishi rejalangan.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar