Pokistonda ko’mir konida kuchli portlash ro’y berdi

Tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi ma’lum qilishicha, ko’chki tagida qolib ketgan 4 ishchining jasadi topildi.

1031091
Pokistonda ko’mir konida kuchli portlash ro’y berdi

Pokistonning Kuetta shahri yaqinlaridagi ko’mir konida kuchli portlash ro’y berdi.

Portlash oqibatida konda ko’chki yuz berdi va 4 ishchi halok bo’ldi.

Tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi ma’lum qilishicha, ko’chki tagida qolib ketgan 4 ishchining jasadi topildi.

Ko’chki tufayli konda qolib ketgan 13 ishchi qidirilmoqda.

Pokiston ma’dan ishchilari federatsiyasi ma’lum qilishicha, hududda yerning kuchsizligi, zaharli gazlarning yuzaga kelishi va ko’mir kukunining yonishi kabi sabablar tufayli ko’plab ma’dan fojiasi ro’y bermoqda.

Ta’kidlanishicha, hududda har yili 200ga yaqin ishchi halok bo’ladi.

Bu esa, ma’dan konlaridagi mehnat xavfsizligining yetarli emasligini ko’rsatadi.

Ayni hududda oxirgi marta may oyida fojia ro’y bergan edi va 23 kishi halok bo’lgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #ma'dan koni , #portlash

Aloqador xabarlar