Kolumbiya mustaqil Falastin davlatini tan oldi

Falastin Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Teysir Jeradat, Kolumbiyaning mustaqil Falastin davlatini tan olganini ma'lum qildi.

1028818
Kolumbiya mustaqil Falastin davlatini tan oldi

Falastin Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Teysir Jeradat, Kolumbiyaning mustaqil Falastin davlatini tan olganini ma'lum qildi.

Jeradat, sobiq Kolumbiya prezidenti Juan Manuel Santosning vazifa muddati to'lmasdan avval Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod el-Malikiga bergan maktubida  'Falastin davlatni tan olish qarorini" ma'lum qilganini izohladi.

Teysir Jeradat, Malikining Santos bilan uchrashganini va tan olish qarorini o'ziga bildirilganini qayd etdi.

Kolumbiyaning qaroridan mamnun ekanligini ifoda etgan Jeradat, buning Falastin dilomatijasining samarasi bo'lganiga diqqat qaratdi.

Teysir Jeradat, Malikining avgust oyi o'rtasida Paraguayga amalga oshirishi kutilgan ziyoratida ham bu davlatning Falastinni tan olish mavzusini kun tartibiga keltirishini ifoda etdi.

Falastin Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, 139 davlat mustaqil Falastin davlatini tan olgan.

Vazifa muddati nihoyasiga yetgan sobiq Prezident Juan Manuel Santosning o'rniga kelgan Ivan Duque kecha qasamyor qilib ishga boshladi.


Tanlangan kalimalar: #Kolumbiya , #Falastin davlatini , #tan oldi

Aloqador xabarlar