Ispaniya harbiy samolyoti xato tufayli jangovar raketani uchirib yubordi

Estoniya havo kuchlari qo’mondoni vakili polkovnik Reyve Valge Estoniya havo maydonida birinchi bor bunday holat ro’y berganligini, bunday voqea boshqa davlatlarda ham juda kam uchrashini ma’lum qildi.

1028117
Ispaniya harbiy samolyoti xato tufayli jangovar raketani uchirib yubordi

Ispaniya havo kuchlariga tegishli “Eurofighter Typhoon 2000” harbiy samolyoti Estoniya janubida parvoz qilayotgan paytida xato tufayli jangovar raketani uchirib yubordi.

Bu haqda Estoniya Mudofaa kuchlari bosh shtabi xabar bergan.

Xabarga ko’ra, raketaning uchirilishi, taxminiy tushish joyi va natijalari haqidagi butun tafsilotlar aniqlangan.

“7 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:44 da harbiy samolyot Rossiya bilan chegara chizig'idan taxminan 100 km uzoqlikda joylashgan, harbiy mashqlar uchun mo'ljallangan hudud - Otepya shahri yaqinida AIM-120 AMRAAM raketasini uchirgan. Uchirilgan raketaning uzunligi 3.7 metr, kengligi esa, 18 smni tashkil qiladi”,-deyiladi bayonotda.

Estoniya havo kuchlari qo’mondoni vakili polkovnik Reyve Valge Estoniya havo maydonida birinchi bor bunday holat ro’y berganligini, bunday voqea boshqa davlatlarda ham juda kam uchrashini ma’lum qildi.

Reyve Valge: “Raketa 6 ming metr masofadan otilgan. Raketada o'zini-o'zi yo'q qilish rejimi faollashganmi yo’qmi ma’lum emas. O'zini-o'zi yo'q qilish xususiyatiga ega bo’lgan raketalar bombalarga nisbatan juda kuchsiz. Bunga qaramay, Estoniya janubida uni topib olgan kishilardan unga tegmaslik hamda yaqinlashmaslik so'ralgan. Qolaversa, darhol tegishli vakillarga murojaat qilinishi talab qilingan”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ispaniya , #Estoniya , #raketa , #harbiy samolyot

Aloqador xabarlar