YPG/ PKKning yosh bolalardan askar sifatida foydalanishi yana bir bor isbotlandi

YPG/ PKK terror tashkilotining bolalarni oilalaridan tortib olgan holda o’limga yuborganligi haqidagi haqiqat, Xalqaro Inson huquqlari observatoriyasi hisoboti orqali yana bir bor isbotlandi.

1026730
YPG/ PKKning yosh bolalardan askar sifatida foydalanishi yana bir bor isbotlandi

Turkiya tomonidan terror tashkilotlariga qarshi Afrinda ijro etilgan “Zaytun novdasi” amaliyoti chog’ida bir necha marotaba isbotlangan, YPG/ PKK terror tashkilotining bolalarni oilalaridan tortib olgan holda o’limga yuborganligi haqidagi haqiqat, Xalqaro Inson huquqlari observatoriyasi hisoboti orqali yana bir bor hujjatlandi.

Xalqaro Inson huquqlari observatoriyasi tomonidan 3-avgust kuni chop etilgan hisobotda,

“Qurolli guruh, bir bo’lagi oilalari nazorati ostida lagerlarda yashaganlar doxil, bolalarni o’z qatoriga qo’shishni tezlik bilan to’xtatishi kerak” degan ifodalarga o’rin berdi.

Hisobotda 18 yoshidan kichiklarga qurol berilishining xalqaro huquq qoidalariga to’g’ri kelmasligi va 15 yoshidan kichik bolalarning bunga majbur qilinishi esa urush jinoyati ekanligi ta’kidlandi.

Terror tashkilotining kichik yoshdagi bolalarni olib qochganligi va ularning oqibati haqida oilalarining ma’lumot olishiga monelik qilganligi qayd etildi.  

“Amerika Qo’shma Shtatlari o’zi qo’llab-quvvatlagan tashkilotdan, yosh bolalardan askar sifatida foydalanishidan voz kechishini talab qilishi kerak” degan hisobotda, bolalari olib qochilgan oilalardan olingan intervyuga o’rin berildi.  

Roppa-rosa 8 oilaning 13-17 yoshlaridagi 6 qiz, 2 og’il bolasining qo’liga qurol berilganligi hisobotda qayd etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari oliy kengashi bilan Human Rights Watch kabi tashkilotlar ham YPG/ PKK terror tashkilotining bolalarni urushtirib, xalqaro huquq qoidalarini paymol qilganligini avval ham bir necha marotaba hujjatlar orqali qayd etgan edi.

 



Aloqador xabarlar