Emmanuel Makron Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashadi

Ikki yetakchi Brexit jarayoni va boshqa bir qator mavzularni muhokama qiladi.

1025524
Emmanuel Makron Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashadi.

Ikki yetakchi Brexit jarayoni va boshqa bir qator mavzularni muhokama qiladi.

Makron avvalroq mazkur uchrashuvning Tereza Mey sharafiga beriladigan oqshom ziyofatidan so'ng amalga oshirilishini ma'lum qilgandi.

Bu uchrashuvning Brexit tufayli taranglashgan Yevropa-Buyuk Britaniya munosabatlariga qanday hissa qo'shishi maroq bilan kutilmoqda.

Buyuk Britaniya 2016 yilda Brexitga doir referendum natijasida Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishga qaror bergan edi.

Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniyadan ajralishi bilan bir qancha iqtisodiy sohada muammoga duch kelishi taxmin qilinmoqda.

Mutahassislarning nazarida, Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniya bilan o'rtada savdo shartnomasini davom ettirish uchun maxsus status belgilashi kerak.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Brexit , #Tereza Mey

Aloqador xabarlar