Markaziy Afrikada uch nafar rossiyalik jurnalist o'ldirib ketilgan

TASS xabar agentligi ma’lum qilishicha,  o'ldirilganlarning yonida muxbirlik guvohnomalari bo'lgan, ular hujjatli fil’m tasvirga olish maqsadida Markaziy Afrikada bo’lgan.

1023738
Markaziy Afrikada uch nafar rossiyalik jurnalist o'ldirib ketilgan

Hujjatli fil’m tasvirga olish maqsadida Markaziy Afrika Respublikasida bo’lgan uch nafar rossiyalik jurnalist o'ldirib ketilgan.

TASS xabar agentligi ma’lum qilishicha,  o'ldirilganlarning yonida muxbirlik guvohnomalari bo'lgan, ular hujjatli fil’m tasvirga olish maqsadida Markaziy Afrikada bo’lgan.

Halok bo'lganlar - jurnalist O'rxon Jamol, rejissyor Aleksandr Rastorguyev va operator Kirill Radchenkodir. Ular mashinada ketayotgan paytda kimligi noma’lum bir guruh kishilar tomonidan to’xtatilib, o’ldirilgan.

Rossiya xabar saytlarida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, jurnalistlar “Vagner” guruhi faoliyatiga oid hujjatli fil’m tasvirga tushirish uchun Afrikaga yo'l olishgandi.

“Vagner” guruhi yollanma jangchilar xizmatini ko'rsatadigan harbiy kompaniya bo'lib, uning tarkibi asosan Rossiya va MDH vakillari bo'lgan yollanma jangchilardan iborat hisoblanadi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Mariya Zaharova Markaziy Afrika Respublikasidagi Rossiya elchixonasi bilan aloqa o’rnatganligini bildirib, “Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, Rossiya fuqarosi ekanligi taxmin qilinayotgan uch kishining jasadi topilgan. Ushbu jinoyat yuzasidan Markaziy Afrika Respublikasidagi xavfsizlik kuchlari bilan aloqadamiz”,-dedi.

Iddaolarga ko’ra, “Tsentr upravleniya rassledovaniyami” medialoyihasi yetakchilari: “Bu xabarlarga ishonishni xohlamaymiz. Lekin, buning yolg’on ekanligiga doir umidimiz qolmadi. O’rxan, Kiril va Aleksandrning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”,-dedi.

Ma’lumot: “Tsentr upravleniya rassledovaniyami” medialoyihasi Mixail Xodorkovskiy tomonidan ishga tushirilgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar