Sochida Suriya bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda

Rossiyaning Sochi shahrida Suriya bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.

1023056
Sochida Suriya bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda

Rossiyaning Sochi shahrida o’tkazilayotgan Suriya bo’yicha navbatdagi Kafil mamlakatlar yig’ilishining dastlabki muzokaralarida, rejim kuchlari bilan muholafat ushlab turgan kishilarning ba’zilarini ozod etish haqida kelishib olindi.

Yig’ilishda ishtirok etgan manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Ostona kelishuvlari doirasida mahbuslar va ushlab turilganlarning ozod etilishi, jasadlarning topshirilishi va yo'qolgan shaxslarni aniqlash uchun tashkil etilgan guruh tomonidan kecha uyushtirilgan yig’ilishda Turkiya, Rossiya va Eron, “pilot loyiha” deb atalgan shartnoma shartlarini kelishib oldi.  

Tomonlar, bir-birining qo’lida ushlab turgan oz sondagi mahbuslarni ozod etish borasida kelishib oldi.

Ishonchni oshirish choralari doirasida yo’lga qo’yilayotgan almashish natijasida necha kishining ozod etilishi, qaysi nuqtadan amalga oshirislishi masalasi haqida hozircha qaror qabul qilingani yo’q.   

Shu bilan birga kafil mamlakatlarning bugungi asosiy muzokara oldidan o’tkazgan yig’ilishi o’z nihoyasiga yetdi.

Mazkur yig’ilishda Idlibda yaratilgan deeskalatsiya hududidagi oxirgi vaziyat, muhojirlarning o’z yurtiga qaytishi, ushlab turilganlarning ozod etilishi va Konstitutsiya qo’mitasi faoliyatlari muhokama qilindi.  

Bugungi asosiy muzokaraning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning uchta kafil mamlakat va Konstitutsiya qo’mitasi ustidan olib boradigan norasmiy uchrashuvi bilan boshlashi rejalashtirilmoqda.

Asosiy muzokaraning bugun oqshom soatlarida boshlashi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar