Donald Trump Hasan Ruhoni bilan ko'rishishga tayyor ekanligini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Trump, Eron prezidenti Hasan Ruhoni bilan shartsiz uchrashuv o'tkazishga tayyor bo'lganini ma'lum qildi.

1022734
Donald Trump Hasan Ruhoni bilan ko'rishishga tayyor ekanligini bildirdi

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) prezidenti Donald Trump, Eron prezidenti Hasan Ruhoni bilan shartsiz uchrashuv o'tkazishga tayyor bo'lganini ma'lum qildi.

O'lkasiga amaliy safar uyushtirgan Italiya Bos vaziri Guisepe Contega Oq uyda mezbonlik qilgan Trump, keyinchalik, mehmoni bilan mushtarak matbuot anjumani o'tkazdi.

Bu yerdagi maruzasida Eronga to'xtalib o'tgan Trump, Ruhoni bilan uchrashish istagini bildirib, "Eron istasa albatta ko'rishamiz" dedi.

Trump, hamma bilan uchrashuv o'tkazishini bildirib, "Boshqa insonlar bilan suhbat o'tkazishning yomon tomoni yo'q. Asosan, bu insonlar bilan jangga boradigan vaziyatda bo'lsangiz uchrashish kerak. Shimoliy Koreya lideri bilan ham uchrashdim" deb so'zladi.

Donlad Trump, Eron prezidenti Ruhoni bilan uchrashuv o'tkazish uchun bir sharti bo'lmaganini ham qayd etdi.

AQSh prezidenti, May oyi, 2015-yiji 14- Iyul kuni kuni Avstriyaning poytaxri Venada P5+1 (AQSh, Xitoy, Angliya, Fransiya va Germaniya) bilan Eron o'rtasiza tuzilgan va 2016 yil 16 Yanvar kuni hayotga tatbiq etilgan Keng Ko'lamli Faoliyat Rejasi sifatida bilingan yadro shartnomasidan chiqganini va Eronga qaratilgan sanktsiyalarning kuchga kirishini bildirgan edi.

Trump boshqaruvi, ittifoqdoshlarining, Eronda neft olishini Noyabr oyigacha butunlay uzishga majburlamoqda.



Aloqador xabarlar