Tojikistonda avtomobil chet ellik sayyohlarni urib ketdi

Tojikistonda avtomobil chet ellik sayyohlarni urib ketar ekan oqibatida 4 sayyoh jon berib, 3 sayyoh tan jarohati oldi.

1022365
Tojikistonda avtomobil chet ellik sayyohlarni urib ketdi

Kecha 29-iyul kuni mamlakatning janubidagi Dang’ara tumani hududida velosiped orqali Tojikiston bo’ylab sayohatga chiqqan chet ellik 7 nafar sayyohni bir avtomobilning urib yuborishi oqibatida 4 kishi jon berdi.

Voqea oqibatida jon berganlardan tashqari 3 sayyoh tan jarohati olgan.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi terror doxil barcha ehtimollarni e’tiborga olgan holda voqea ustidan tergov ishlari olib borilganligini ma’lum qildi.

Jon berganlarning ikki nafarining Amerika Qo’shma Shtatlari fuqarosi ekanligi qayd etildi.

Voqea ustidan bir kishi nazorat ostiga olindi.



Aloqador xabarlar