Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras yong'inda zarar ko'rgan hududlarda tekshiruv o'tkazdi

Aleksis Chipras falokatda jabrlangan aholi bilan suhbat o’tkazdi, shuningdek aholi xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xodimlaridan ma’lumot oldi.

1022516
Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras yong'inda zarar ko'rgan hududlarda tekshiruv o'tkazdi

Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras poytaxt Afina yaqinlarida sodir bo’lgan yong’indan zarar ko’rgan hududlarda tekshiruv o’tkazdi.

Bosh vazirlik boshqarmasi ma’lum qilishicha, Chipras 91 kishining hayotiga zomin bo’lgan yong’inda katta zarar ko’rgan hududlarda bo’ldi.

U falokatda jabrlangan aholi bilan suhbat o’tkazdi, shuningdek aholi xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xodimlaridan ma’lumot oldi.

“Olovlarga qarshi misli ko’rilmagan kurash olib borgan insonlar bilan uchrashdim. Ichimni chuqur iztirob chulg’ab olgan. Ular endilikda o’zini tiklashga harakat qilmoqdalar”,-deb yozadi Chipras internetdagi sahifalarda.



Aloqador xabarlar