Indoneziyada 6.4 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Indoneziyaning Lombok orolida kuzatilgan yer silkinishi, 10 kishining umriga zomin bo'ldi.

1021562
Indoneziyada 6.4 magnitudali yer silkinishi kuzatildi

Indoneziyaning Lombok orolida 6.4 magnitudali yer silkinishi yuz berar ekan oqibatida 10 kishi jon berdi.

Epitsentri Lombok orolining Mataram shahrining 50 kilometr shimolida ekanligi aniqlangan voqeada jon berganlardan tashqari 40 kishi tan jarohati oldi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Geologik tadqiqotlar markazi 6.4 magnitudali yer silkinishining yerning 7.5 kilometr terangligida qayd etilganligini ma’lum qildi.  

Indoneziyaning turistik Bali orolining qariyb 40 kilometr sharqida o’rin olgan orolda yer silkinishi yuzasidan ko’plab uy-joy ziyon ko’rdi.

BBC nashri tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko’ra 6.4 magnitudali yer silkinishining ortidan eng yirik 5.7 bo’lish bilan birga 60 dan ortiq takroriy seysmik silkinishlar kuzatildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya , #Lombok oroli , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar