Hindistondagi og’ir yog’ingarchilik yuzasidan jon berganlar soni ortdi

Hindistonning Uttar Pradesh shtatidagi og’ir yog’ingarchilik yuzasidan jon berganlar soni ortdi.

1021726
Hindistondagi og’ir yog’ingarchilik yuzasidan jon berganlar soni ortdi

Hindistonning Uttar Pradesh shtatidagi og’ir yog’ingarchilik yuzasidan jon berganlar soni 64 nafarga yetdi.

“Hindiston Times” tarqatgan ma’lumotga ko’ra shtatning turli mintaqalarida uch kundan beri davom etgan og’ir yog’ingarchilikda jon berganlardan tashqari 54 kishi tan jarohati olgan.

Mintaqada 385 ta uy ziyon ko’rar ekan undan tashqari 28 hayvon yo’qolgan.  

Uttar Pradesh shtati Bosh vaziri Yogi Adityanath, ziyon ko’rgan uy-joylar va binolar ustidan tekshiruv ishlarining boshlatilishi uchun buyruq bergan.

Hukumat shuningdek, falokatda jon berganlarning oilalariga, tan jarohati olganlarga va uylari ziyon ko’rganlarga moddiy jihatdan yordam berilishini ma’lum qilgan.

Rasmiy muassasalar tomonidan berilgan bayonotda, 1-iyundan boshlab mamlakatda davom etgan musson yomg’irlari tufayli mamlakat bo’ylab 500 dan ortiq kishining jon berganligi va 200 ga yaqin kishining tan jarohati olganligi qayd etilgan.

 

 



Aloqador xabarlar