AQShning Kaliforniya shtatidagi yong'inlarni jilovlab bo'lmayotir...

Koliforniya shtati meri Jerry Brovn Shasta va Riverside hududlarida favqulodda vaziyat e’lon qildi.

1020885
AQShning Kaliforniya shtatidagi yong'inlarni jilovlab bo'lmayotir...

AQShning Kaliforniya shtatida ro'y bergan yong’inlarni o’chirish faoliyatlarida buldozer haydovchisi hayotdan ko’z yumdi, 3 nafar o’t o’chiruvchi jarohatlandi.

Kaliforniya o’t o’chiruvchilar boshqarmasi xodimi Scott Mclean ma’lum qilishicha, Shasta hududidagi chakalakzor maydonda ro’y bergan yong’inni o’chirish faoliyatlariga qatnashgan buldozer haydovchisining jasadi topilgan.

Yong’inda o’t o’chiruvchilardan 3 kishi jarohatlanganligini ma’lum qilgan Scott Mclean: “Yong’in o'z oldidan chiqqan har qanday narsani domiga tortmoqda”,-dedi.

Falokat Shasta, Kevick va 90 mingdan ziyod aholiga ega bo’lgan Redding hududini o’rab olgan va ushbu hududlardagi uylarning aksariyati zarar ko’rgan.

Dushanba kuni boshlangan yong’inlar 115 km kvadratlik maydonga jiddiy zarar bergan.

CNN xabariga ko’ra, Riverside hududidagi Bernardino milliy o’rmonida chorshanba kuni sodir bo’lgan yong’inning faqatgina 5 %i o’chirildi xalos.

Ushbu yong’inlarda 30 km kvadratlik maydon zarar ko’rgan.

Koliforniya shtati meri Jerry Brovn Shasta va Riverside hududlarida favqulodda vaziyat e’lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Kaliforniya , #yong'in , #AQSh

Aloqador xabarlar