Donald Tramp bilan Vladimir Putinning navbatdagi uchrashuvi kelgusi yilga qoldirildi

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning Milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi.

1019786
Donald Tramp bilan Vladimir Putinning navbatdagi uchrashuvi kelgusi yilga qoldirildi

AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning navbatdagi uchrashuvi kelgusi yilga qoldirildi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning Milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 2019 yildan oldin uchrashmaydi.

“Prezident Donald Trampning fikricha, prezident Putin bilan ikkitomonlama uchrashuvlar “rus jodugari” qo'lga tushguncha bo'lib o'tmaydi. Qarorimizga ko'ra, bu uchrashuv yaqin bir yilda amalga oshirilmaydi”,- deydi Jon Bolton.

Donald Tramp 16 iyulda Finlyandiyaning poytaxti Xelsinkida Putin bilan uchrashgandan so’ng, maslahatchisi Jon Boltonga Putinni kuzda AQShga taklif qilishni buyurgandi.

Trampning bu qarori AQShda asosan demokratlar va kongress tomonidan qoralangan edi.

Trampning o'tgan hafta Boltonga mazkur uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish haqidagi topshirig'i mahalliy matbuotda keskin tanqidlarni keltirib chiqardi.

Boltonning bayonotida ta’kidlagan “rus jodugariga e’lon qilingan ov” esa Robert Myuller olib borayotgan ishga nisbatan berilgan nom.

Myuller ayni paytda AQSh prezidentligi saylovida Rossiyaning aralashuvini tergov qilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #AQSh , #Rossiya , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar