Pokistonda saylov: Xudkush bombachi saylovchilar orasida o’zini portlatib yuborgan

Voqeada 25 kishi halok bo’lgan, 40 kishi jarohatlangan. Vakillar qurbonlar sonining ortishidan xavotirda.

1019079
Pokistonda saylov: Xudkush bombachi saylovchilar orasida o’zini portlatib yuborgan

Bugun Pokistonda saylov o’tkazilmoqda.

Pokistonda ro'yxatga olingan 105 mlndan ortiq saylovchi mavjud bo’lib, ular milliy majlis va viloyat majlislariga nomzodlar uchun ovoz beradi.

Mamlakat miqyosida saylovda ovoz berish soat 08:00da boshlandi.

85 mingdan ortiq saylov qutisida ovoz beradigan saylovchilar 5 yil muddatga milliy majlis va viloyat majlisiga a’zolarni saylaydi.

Hukumatni tashkil qilish vazifasiga ega bo’lgan bosh vazir ham milliy majlis a’zolaridan saylanadi.

Viloyat majlislarida 577 va milliy majlisda 272 bo’lib, jami 849 o’rinni egallash uchun 12 ming nomzod bellashmoqda.

Mamlakatda saylovga qatnashish huquqiga ega bo’lgan 100dan ortiq partiya va ittifoq mavjud.

Saylovda ovoz berish soat 18:00da yakunlanadi.

Anketalarga ko’ra, sobiq bosh vazir Navaz Sherifning partiyasi Pokiston musulmon ligasi-Navaz bilan Imran Xon partiyasi Pokiston Tahrik-i Insofiy (Pokiston adolat harakati-PTI) saylovlarda oldinda ketmoqda.

Shuningdek, milliy musulmon ligasidan nomzod Faysal Nedim saylov markaziga sodir etilgan hujumda jarohat oldi.

Politsiya xodimi Odil Chandio ma’lum qilishicha, kimligi noma’lum kishilar Pokiston janubidagi Latifobodda saylov uchastkalari ochilishiga bir necha soat qolganda nomzod Nedimning ofisiga qo’lbola bomba bilan hujum qilgan.

Nedim va uning haydovchisi hujumda yaralangan.

Ular shifoxonaga olib ketilgan. Ularning ahvoli haqida xozircha ma’lumot yo’q.

Voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lgan hujumchilar qidirilmoqda.

Bundan tashqari, Pokiston g’arbida joylashgan Kuetta viloyatida saylovda ovoz berish uchun to’plangan olomon ichida xudkush bombachi o’zini portlatib yuborgan.

Voqeada 25 kishi halok bo’lgan, 40 kishi jarohatlangan.

Qurbonlar sonining ortishi taxmin qilinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #saylov

Aloqador xabarlar