Nyu-York shahridagi eski qamoqxonalardan biri auktsionda 600 ming dollarga sotildi

Ta’kidlanishicha, qamoqxonani sotib olgan kompaniya qamoqxona yer maydonini yahudiy bolalar uchun yozgi dam olish lageriga aylantirishni rejalamoqda.

1018932
Nyu-York shahridagi eski qamoqxonalardan biri auktsionda 600 ming dollarga sotildi

AQShning Nyu-York shahrida eski qamoqxonalardan biri auktsion bilan 600 ming dollarga sotildi.

 Bu haqda Nyu-York umumiy xizmatlar idorasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Kanada chegarasi yaqinlaridagi eski “Chateaugay” qamoqxonasi binolari va yer maydoni auktsion bilan 600 ming dollarga sotilgan.

Ushbu qamoqxona Nyu-York bilan Kanada o’rtasidagi Quebec hududi chegarasida joylashgan bo’lib, uning kanadalik bir kompaniya tomonidan sotib olinganligi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, kompaniya qamoqxona yer maydonini yahudiy bolalar uchun yozgi dam olish lageriga aylantirishni rejalamoqda.

Xavfsizlik sharoitlari o’rtacha bo’lgan qamoqxonaning 4 yil oldin mahbuslar soni kamayishi bilan yopilishiga qaror berilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Nyu-York , #AQSh , #qamoqxona , #auktsion

Aloqador xabarlar