Yaponiyada jazirama issiq tufayli 11 kishi hayotdan ko’z yumdi

12 mingdan ziyod kishi kasalxonaga yotqizilgani, xususan, oftob urishi oqibatida ommaviy ravishda kasalxonaga tushganlar haqida xabarlar kelmoqda.

1017045
Yaponiyada jazirama issiq tufayli 11 kishi hayotdan ko’z yumdi

Yaponiyada havo harorati keskin ko’tarilib ketdi.

Jazirama issiq tufayli 11 kishi hayotdan ko’z yumgan.

Bu haqda Kyodo xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Tokio markazida issiqlik harorati 40 darajagacha ko’tarilgan. Havo haroratining keskin ko’tarilishi oqibatida aksariyati keksalardan iborat bo’lgan 11 kishi nobud bo’lgan.

Poytaxt Tokioda tez yordam mashinalari kunda 3099 marta shoshilinch xizmatga chiqqan. Bu mamlakat tarixida rekord ekanligi aytilmoqda.

Iyul oyining dastlabki ikki haftasida 30 kishi oftob urishidan vafot etgan edi.

12 mingdan ziyod kishi kasalxonaga yotqizilgani, xususan, oftob urishi oqibatida ommaviy ravishda kasalxonaga tushganlar haqida xabarlar kelmoqda.

Meteorologiya mutahassislari ma’lum qilishicha, havo haroratining keskin ko’tarilish holatlari yana bir necha hafta davom etadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #issiq , #havo harorati , #Tokio

Aloqador xabarlar