Rossiyada minglab inson pensiyaga chiqish loyiha taklifiga norozichilik ko'rsatdi

Moskvadagi Sokolnik bog'ida, loyihaga norozichilik ko'rsatish uchun minglab kishi uchrashdi.

1015209
Rossiyada minglab inson pensiyaga chiqish loyiha taklifiga norozichilik ko'rsatdi

Rossiyaning poytaxti Moskva va San Peterburg shaharlarida davlatning islohot kiritish maqsadida tayyorlangan pensiyaga chiqish yoshini yuksaltish qonun loyihasiga minglab inson norozichilik ko'rsatdi.

Moskvadagi Sokolnik bog'ida, loyihaga norozichilik ko'rsatish uchun minglab kishi uchrashdi.

Namoyishni, Rossiya Federatsiyasi Komunist Partiyasi bilan Olma Partiyasi ham qo'llab-quvvatladi.

So'l Japha harakatining koordinatori Sergey Udaltay, Twitter orqali bergan bayonotida Moskvadagi mitingda tahminan 10 ming kishining ishtirok etganini bildirdi.

Mahalliy matbuot, namoyishlar chog'ida 14 kishining nazoratga olinganini ma'lum qildi.

2018 FIFA Dunyo Kubogi tufayli bundan avval Moskva bilan matchlar bo'lgan shaharlarda namoyish uyushtirilishiga ruxsat berilmagan edi.

Rus hukumati, nafaqaga chiqish yoshini kelgusi yildan e'tiboran bosqichma bosqich erkaklarni 60 dan 65 ga, ayollarni 55 dan 63 yoshga ko'tarishni nazarda tutgan loyihani 14- Iyun kuni Rus parlamentining quyu qanodi Dumaga taqdim etgan edi.

Loyiha 19- Iyul kuni Dumada birinchi yig'ilishda muhokama qilinadi.

Loyiha muhokama qilingan paytda Duma binosi oldida ayrim partiya va nodavlat tashkilotlarning norozichilik namoyishi o'tkazishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar