Mahmud Abbos AQSh bilan munosabatlarini qayta tiklaydi, ammo bir shart bilan...

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Al-Quds va qochqinlarga nisbatan munosabatini o’zgartirmagan taqdirda, AQSh bilan munosabatlarini qayta tiklamasligini ma’lum qildi.

1015291
Mahmud Abbos AQSh bilan munosabatlarini qayta tiklaydi, ammo bir shart bilan...

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos Al-Quds va qochqinlarga nisbatan munosabatini o’zgartirmagan taqdirda, AQSh bilan munosabatlarini qayta tiklamasligini ma’lum qildi.

Bu haqda Fotih markaziy qo’mitasi bosh kotibi Jibril ar-Rujub Falastin davlat televideniyesiga intervyu berdi.

Uning so’zlariga ko’ra, Mahmud Abbos shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilgan. Bo’lib o’tgan suhbatda Abbos Al-Quds masalasi, qochqinlar va yahudiylarni noqonuniy joylashtirish kabi mavzularda fikrini o’zgartirmagan taqdirda, AQSh bilan aloqalarini yaxshilamasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Mahmud Abbos xalqaro huquqqa sodiq ekanligini tilga olar ekan, AQSh Isroil bilan tinchlik jarayonining homiyligini zimmasiga olishini qabul qilmasligini bildirdi.

Falastin milliy kelishuv mavzuida Misrning sa’y-harakatlarini taqdirlaganligini bildirgan Fotih markaziy qo’mitasi bosh kotibi Jibril ar-Rujub hukumatning G’azoda boshqaruvni to’liq zimmasiga olishi majburiy ekanligini qo’shimcha qildi.

Eslatma: Falastinda Hamas G’azo boshqaruviga tayinlanishi ortidan 2017 yildan boshlab siyosiy bo’linish jarayoni yuzaga keldi.

Fotih va Hamas vakillari oxirgi marta Misrning poytaxti Qohiradagi muzokaralar doirasida 2017 yilning 12 oktyabr kuni Falastindagi bo’linishga yakun yasaydigan “o’zaro murosa” kelishuvini imzolagan edi.

Bunga ko’ra, Falastin hukumati o’tgan yilning yakunida G’azo Sheridida butun nazoratni qo’lga olishi zarur edi, biroq ro’y bergan kelishmovchiliklar tufayli to’liq amalga oshirilmagan edi.

Avvalgi kuni Hamas Misr tomonidan ilgari surilgan “kamida 5 hafta ichida milliy birdamlik hukumatini tashkil qilish bo’yicha kelishuv taklifi”ni qabul qilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Mahmud Abbos , #AQSh , #Al-Quds , #Hamas

Aloqador xabarlar