Eronda Hadr milliy hayvonot bog’idagi hayvonlar vabodan nobud bo'lmoqda

“Hadr milliy hayvonot bog’ida vabo tufayli 70 hayvon nobud bo’ldi. Bular orasida tog’ kiyigi va qo’chqorlar bor”,-deydi Eron majlisi deputati Habibulloh Nikzadipenah.

1014441
Eronda Hadr milliy hayvonot bog’idagi hayvonlar vabodan nobud bo'lmoqda

Eronning Kirman viloyatida yovvoyi va xonaki hayvonlarning vabo kasalligidan nobud bo’lish holatlari kuzatilmoqda.

Bu haqda Eron majlisi deputati Habibulloh Nikzadipenah ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Kirman viloyatida 70 hayvon vabo kasalligidan nobud bo’lgan.

Bular orasida tog’ kiyigi va qo’chqorlar ham bor.

“Hadr milliy hayvonot bog’ida vabo tufayli 70 hayvon nobud bo’ldi. Bular orasida tog’ kiyigi va qo’chqorlar bor”,-deydi u Eron majlisi xabar agentligiga bergan intervyusida.

Noqonuniy yo’llar bilan mamlakatga olib kelingan hayvonlar boshqa hayvonlarga kasallik yuqtirganligini ilgari surgan Habibulloh Nikzadipenah: “Bunday vabo noqonuniy ravishda keltirilgan qarovsiz hayvonlardagi kanalardan yuqadi. Zarur chora-tadbirlar olinmagan taqdirda, yuqumli kasalliklar boshqa hayvonlarga ham zarar beradi”,-dedi.

Uning aytishicha, taxminan 20 yildan beri Kirman viloyatida qurg’oqchilik hukm surmoqda.

“Qurg’oqchilik vahshiy yoki xonaki hayvonlarining organizmini yuqumli kasalliklarga qarshi chidamsiz qilmoqda. Qurg’oqchilik vahshiy hayvonlar bilan xonaki hayvonlarning bitta ohirdan suv ichishiga sabab bo’lmoqda”,-dedi Habibulloh Nikzadipenah.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Hadr milliy hayvonot bog’i , #vabo

Aloqador xabarlar