Nigeriya shimolida ro’y bergan suv toshqinlarida 25 kishi halok bo’ldi

Favqulodda yordam berish agentligining Katsina shtatidagi vakolatxonasi rahbari Alhaji Rabe Rabi ma’lum qilishicha, bedarak yo'qolganlar soni ko'pchilikni tashkil qiladi.

1013808
Nigeriya shimolida ro’y bergan suv toshqinlarida 25 kishi halok bo’ldi

Nigeriya shimolida ro’y bergan suv toshqinlari oqibatida 25 kishi halok bo’lgan. Ko’plab inson bedarak yo’qolgan.

Favqulodda yordam berish agentligining Katsina shtatidagi vakolatxonasi rahbari Alhaji Rabe Rabi ma’lum qilishicha, Katsina shtatida kecha tunda boshlangan kuchli yog’ingarchiliklar suv toshqinlariga sabab bo’lgan.

Uning o'zlariga ko'ra, 90 uy vayron bo'lgan, minglab odamlar uysiz qolgan. 200dan ortiq chorva mollari nobud bo’lgan.

Selda kamida 25 kishi halok bo’lganligini aytgan Rabi ko’plab fuqarolarning bedarak yo’qolganligini ma’lum qildi.

Hududga qutqaruvchilar safarbar etilgan. Tegishli vakillar qurbonlar sonining ortishidan xavotirda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya , #suv toshqini , #sel

Aloqador xabarlar