Quvayt Yamandagi bolalar uchun 59 mln dollar moddiy yordam o’tkazadi

BMT Bolalarga yordam fondi UNICEF bayonotiga ko’ra, Quvayt tomonidan beriladigan moddiy yordam Yamandagi muhtoj bolalarga sarflanadi.

1013801
Quvayt Yamandagi bolalar uchun 59 mln dollar moddiy yordam o’tkazadi

Quvayt Yamandagi bolalar uchun 59 mln dollar moddiy yordam o’tkazmoqda.

BMT Bolalarga yordam fondi UNICEF bayonotiga ko’ra, Quvayt tomonidan beriladigan moddiy yordam Yamandagi muhtoj bolalarga sarflanadi.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu mablag’ vabo kabi o’ta yuqumli kasalliklarga qarshi bolalarni himoya qilish va bolalarga mo’ljallangan ta’lim, suv, kanalizatsiya, himoyalanish va oziqlanish kabi xizmatlarda sarflanadi.

Quvayt 2013 yildan buyon UNICEFga jami 200 mln dollardan ziyod moddiy yordam o’tkazdi.

Natijada, Quvayt ushbu fondning Yaqin sharq va Shimoliy Afrikadagi bolalar uchun olib borayotgan faoliyatlariga eng katta yordam qo’lini uzatgan mamlakatlardan biri bo’lib hisoblanadi.

Eslatma: Uzoq yillar mobaynida siyosiy beqarorlik hukm surib kelayotgan Yamanda hukumatni to’ntarishga kirishgan Husiylar 2014 yilning sentyabr oyidan buyon poytaxt Sana va boshqa ba’zi hududlarning nazoratini boshqarib keladi.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari esa, 2015 yilning mart oyidan e’tiboran Yaman hukumatini harbiy jihatdan qo’llab quvvatlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Quvayt , #UNICEF , #Yaman , #moddiy yordam , #bolalar

Aloqador xabarlar