F-35 urush uchoqlari uchuvchilarning mashg’uloti uchun Arizonada

Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi (Pentagon) voizi polkovnik Rob Manning, haftalik matbuot anjumanida kun tartibidagi ba’zi masalalarni baholadi.

1005097
F-35 urush uchoqlari uchuvchilarning mashg’uloti uchun Arizonada

Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi (Pentagon) voizi polkovnik Rob Manning, Turk F-35 rusumidagi urush uchoqlarining uchuvchilari va texnik xodimlarining eng qisqa vaqt ichida Arizonada uchish mashg’ulotlarini boshlashini va AQSh hukumatining Turkiyaning F-35 dasturida ishtirok etishi masalasida hali hanuz qaror qabul qilmaganligini qayd etdi.

Bir haftalik matbuot anjumanida kun tartibidagi ba’zi masalalarni baholagan polkovnik Manning,

“Turkiyaning F-35 rusumidagi urush uchog’ining Arizonadagi Luke nomidagi Harbiy havo kuchlari bazasiga borganligidan xabardormiz. Turk uchuvchilari va texnik xodimlari ham Luke nomidagi Harbiy havo kuchlari bazasiga bordi va eng qisqa vaqt ichida uchish mashg’ulotlarini boshlaydilar” dedi.  

Mavjud kelishuvlarga binoan uchoqning ma’lum vaqtgacha AQShda nazorat ostida bo’lishini belgilab o’tgan Manning, bu jarayonning uchoqni oladigan mamlakatning uchuvchilarining mashg’ulotlarining tamomlanishiga bog’liq ekanligini va buning bir ikki yil davom etishi mumkinligini qayd etdi.

AQSh kongressidagi F-35 urush uchoqlarining Turkiyaga berilishiga to’siqlik qilinishiga qaratilgan tashabbuslarga ham to’xtalgan Manning,

“AQSh hukumati hali hanuz Turkiyaning F-35 uchog’i dasturida ishtirok etib etmasligi masalasida qaror qabul qilgani yo’q. Turkiya yaqin va muhim NATO ittifoqidir va 2002-yildan beri F-35 dasturining xalqaro ishtirokchisidir” deya gapirdi.

Anjumanda ishtirok etgan podpolkovnik Mike Andrews ham Arizonada mashg’ulot o’tkazayotgan Turk uchuvchilarning bir ikki oy ichida uchushlarini boshlashini qayd etdi.

Siyosat o’zgargudek bo’lsa Turkiya olgan ikkita F-35 uchoqlarining berilib berilmasligi haqidagi savolga qarshi podpolkovnik Andrews,

“Senat, (F-35 uchoqlarining Turkiyaga berilishiga) to’siqlik qilish uchun ovoz berdi. Rahbarning ham bitta ovoz berish haqqi bor. Shunday ekan mendan spekulyatsiya qilishimni xohlayapsiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar