CDU va CSU o’rtasida bo’lib o’tgan jadal uchrashuvlar natijasida kelishuvga borildi

Germaniya Ichki ishlar vazir Horst Seehofer, Xristian demokrat birlik partiyasi (CDU) va Xristian sotsial demokrat partiya (CSU) o’rtasida o’tkazgan uchrashuvlarda noqonuniy ko’chning oldini olish mavzusida kelishuvga borganlarini  ma’lum qildi.

1004588
CDU va CSU o’rtasida bo’lib o’tgan jadal uchrashuvlar natijasida kelishuvga borildi

Germaniya Ichki ishlar vazir Horst Seehofer, Xristian demokrat birlik partiyasi (CDU) va Xristian sotsial demokrat partiya (CSU) o’rtasida o’tkazgan uchrashuvlarda noqonuniy ko’chning oldini olish mavzusida kelishuvga borganlarini  ma’lum qildi.

(CSU) Bosh rahbari ham bo’lgan Seehofer, poytaxt Berlinda Xristian demokrat birlik partiyasi (CDU) Umumiy  markazi oldida jurnalistlarga  bergan izohida, CDU va CSU o’rtasida kelishuv ta’min etilgani tufayli mamnun ekanini ma’lum qildi.

“ CDU va CSU o’rtasida bo’lib o’tgan jadal uchrashuvlar natijasida kelishuvga bordik dedi.

Germaniya bilan Avstriya o’rtasida kelajakda noqonuniy ko’chning qanday oldi olinishi mavzusida  ochiq bir kelishuvga bordik.” Degan Seehofer, tafsilotlarga tegishli ikki partiya  rahbarlari berishi kutilmoqda dedi.

Kelishuv sog’lom bir memorandum ekanini ta’kidlagan Seehofer, ushbu bitim o’zi  ichki ishlar vaziri sifatida faoliyatni davom ettirishga ruxsat berganini so’zlariga qo’shimcha qildi.

Germaniya Kansleri va Xristian demokrat partiya (CDU) rahbari Angela Merkel ham, koalitsiya sherigi

Xristian sotsial birlik partiyasi (CSU) bilan qochqinlar mavzusida yaxshi bir kelishuv ta’min etildi deb qayd etdi.

Merkel, CDU   umumiy markazida bergan bayonotida, “ikkinchi qochqin harakatlari” deb baholagan, yevropa ittifoqi (YI) o’lkalarida bo’lgan qochqinlarni  tekshirish va tartiblashi mavzusida kelishuvga borishidan mamun ekanini  qayd etdi.

“ Qizg’in uchrashuvlar va qiyin kunlardan keyin  yaxshi bir  kelishuvga borilganiga aminman” degan  Merkel  payshanba kuni o’tkazilgan YI lider sammitida “ikkinchi qochqin harakatlari “mavzusi bilan qiziqish  uchun  bir qaror olindi deb eslatdi.

Aksi taqdirda YIdagi erkin sayohat xavf ostiga kiradi degan Merkel, shu bois milliy chora-tadbirlar olish bilan bir qatorda qochqinlar kelgan o’lkalar va boshqa o’lkalar bilan bu mavzuda hamkorlik qilmoqchimiz deb qayd etdi.

Merkel, buning uchun Germaniya “ tranzit markazlar” tashkil etadi  deb ifoda etib, bu yerda  qochqinlar kelgan  yoki YI ichida  birinchidan ro’yxatdan o’tgan o’lkalar bilan maslahat qilinib  qaytarib yuborilishi ta’min etiladi deb qayd etdi.

Buning bilan birgalikda YIdagi sheriklik ruhi himoya qilinadi deb diqqat qaratgan Merkel, ayni paytda bu “ ikkinchi boshpana harakatini “ nazorat ostiga olish va tartiblash uchun muhim bir qadam ekanini qayd etdi.

Kelishuvning tafsilotlarini   tarqatgan CDU  bosh kotibi Annegret Kramp- Karrenbauer ham kelajakda tatbiq etiladigan yangi bir chegara metodi bilan   boshqa bir YI o’lkasida qochqin jarayoni davom etmoqda deb ta’kidladi.

Qochqinlar ayniqsa Germaniya Avstriya chegarasida qaytarishlari  ko’zda tutilmoqda deb ma’lum qildi.

Shu bois qochinlar “ tranzit markazlariga” olinadi deb qayd etgan Kramp- Karrenbauer, bu  nuqtada qaysi o’lka mas’ul bo’lgani  tezda aniqlanadi va qochqinlar borasida  kelishuvga borilgan bo’lsalar  bu o’lkalarga qaytarib yuboriladi deb qayd etdi.

Kramp- Karrenbauer, bunday bir kelishuv borilmagan o’lkalardan kelgan muhojirlar esa to’g’ridan Germaniya- Avstriya chegarasiga  qaytariladi. Bu Avstriya bilan kelishuvga boradigan bir kelishuv bilan  tatbiq etiladi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Germaniya , #Avstrya , #kelishuv

Aloqador xabarlar