G’azoning Shujaiyya mahallasida kuchli portlash ro’y berdi

Portlash oqibatida 2 kishi halok bo’ldi, 8 kishi yaralandi.

1003318
G’azoning Shujaiyya mahallasida kuchli portlash ro’y berdi

G’azo sharqida joylashgan Shujaiyya mahallasida kuchli portlash ro’y berdi.

Portlash oqibatida 2 kishi halok bo’ldi, 8 kishi yaralandi.

G’azo salomatlik vazirligi kotibi Ashraf Kudra bu haqda yozma bayonot berdi.

“G’azo sharqidagi Shujaiyya mahallasida sodir bo’lgan kuchli portlashda 2 kishi halok bo’ldi, 8 kishi yaralandi”,-deyiladi bayonotda.

Portlash sabablari ma’lum emas.

G’azo politsiya boshqarmasi vakili Eymen al-Batnijining taxminiga ko’ra,  portlash solyut otilishi tufayli yuzaga kelgan.


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #portlash

Aloqador xabarlar