AQShda Trampning musulmon davlat fuqarolarini mamlakatga kirishini taqiqlash qarori tasdiqlandi

Bu qaror aholisining aksariyati musulmonlardan tashkil topgan Eron, Liviya, Somali, Suriya, Yaman, Shimoliy Koreya fuqarolari hamda Venesuelaning ba’zi davlat xodimlariga taalluqli.

1000576
AQShda Trampning musulmon davlat fuqarolarini mamlakatga kirishini taqiqlash qarori tasdiqlandi

AQShda oliy sud prezident Donald Trampning ba’zi musulmon davlat fuqarolarini mamlakatga kirishini taqiqlash qarorini tasdiqladi.

Tramp hukumati bu haqdagi qarorni 1 yarim yil oldin chiqargan edi.

Biroq, mahalliy sudlar va shtat bosh prokurorlari tomonidan kuchga kirishi man qilingan edi.

Endilikda, bu qaror davlat oliy sudi tomonidan konstitutsiyaga mos deb topilib, kuchga kirishiga ruxsat berildi.

Bunga ko’ra, 7 davlat fuqarolariga AQShga borish uchun 90 kunlik sayohat vizasi berilmaydi.

Bu qaror aholisining aksariyati musulmonlardan tashkil topgan Eron, Liviya, Somali, Suriya, Yaman, Shimoliy Koreya fuqarolari hamda Venesuelaning ba’zi davlat xodimlariga taalluqli.

Bu haqdagi rasmiy izohdan so’ng, oliy sud oldida to’plangan yuzlab namoyishchi qarorni qoraladi.

Ta’kidlash joizki, qarorni qoralab chiqqanlar faqatgina musulmonlar emas, balki amerikaliklar va hristianlar ham musulmonlarni qo’llab quvvatladi.

Amerika fuqaro erkinliklari ittifoqi bu qarorni irqchilik va boshqa millatlarga nisbatan dushmanlikni targ’ib etuvchi noto’g’ri tashabbus sifatida baholadi.

Demokrat partiya bu qarorni qayta ko’zdan kechirishni talab qildi.

Respublikachilar esa, demokrat partiyaga nisbatan boshqacha fikrga ega. Ular bu qaror mamlakatda terrorizmni yo’q qilishini ilgari surmoqda.

AQShga sayohatni man qilish qarori Trampning qasamyod qilib vazifasiga kirishgandan keyingi birinchi imzolagan qarornomalardan biri edi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Tramp , #qaror , #musulmon , #viza

Aloqador xabarlar