Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani Tolibon bilan yarashuv muddatini uzaytirmoqchi...

Ashraf G'ani bu jarayonga hurmat ma’nosida Tolibonga a’zo 46 mahbusni ozod qildi, maqsad mamlakatda tinchlik o’rnatishdir, chunki Afg’oniston xalqi tinchlikni xohlaydi.

993684
Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani Tolibon bilan yarashuv muddatini uzaytirmoqchi...

Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani mamlakat hukumati va Tolibon radikal harakati o'rtasidagi yarashuv uzaytirilishini ma’lum qildi.

Ashraf G'ani milliy davlat televideniyesidagi (RTA) chiqishida, Tolibon bilan yarashuv muddati qachongacha uzaytirilishi haqida ma’lumot bermadi, biroq Tolibondan ijobiy javob kutayotganligini va maqsad tinchlik o’rnatish ekanligini ma’lum qildi.

Bu jarayonga hurmat ma’nosida Tolibonga a’zo 46 mahbus ozod etilganligini ta’kidlagan mamlakat prezidenti, agar Tolibon bunga ijobiy munosabatda bo’ladigan bo’lsa, qamoqda jazo muddatini o’tayotgan boshqa Tolibon a’zolari ham ozod etilishini ma’lum qildi.

Uning fikricha, o’t ochishni to’xtatish qarori ikki tomonning ham tinchlik uchun hamfikr bo’lganligini ko’rsatadi. Afg’oniston xalqi tinchlikni xohlaydi.

Tolibon harakati xozircha prezidentning chiqishiga nisbatan biron munosabat bildirmadi.

Avvalroq, Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani Ramazon oyi tugashi va Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 20 iyungacha toliblar bilan bir tomonlama yarashuv kiritilishini e’lon qilgandi. U 12 iyundan-19 iyungacha o’t ochish to’xtatilishini ma’lum qilgandi.

Keyinroq, Tolibon ham ramazon hayit bayrami munosabati bilan 3 kunga o't ochishni to'xtatish qarori olganligini e’lon qilgan edi.

Tolibon harakati 2001 yildagi AQSh ishg’olidan keyin birinchi marta o’t ochishni to’xtatdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Ashraf G’ani , #Tolibon

Aloqador xabarlar