Gruziya bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili o’z vazifasidan iste’fo etdi

Kvirikashvili poytaxt Tbilisidagi hukumat binosida o’tkazilgan brifingda iste’fo etganini rasman e’lon qildi.

992439
Gruziya bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili o’z vazifasidan iste’fo etdi

Gruziya bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili o’z vazifasidan iste’fo etdi.

Kvirikashvili poytaxt Tbilisidagi hukumat binosida o’tkazilgan brifingda iste’fo etganini rasman e’lon qildi.

U hukumatdagi “Gruzinskaya mechta” partiyasi tomonidan kecha o’tkazilgan siyosiy kengash yig’ilishida partiya yetakchisi Bidzina Ivanishvili va boshqa a’zolar bilan ba’zi mavzularda kelisha olmaganligini aytdi.

Oxirgi yillarda Gruziyaning NATO va Yevropa Ittifoqiga moslashish jarayonida faol qadam tashlaganligini ta’kidlagan Kvirikashvili mintaqadagi iqtisodiy inqirozga qaramay, Gruziya iqtisodiyoti rivojlanishda davom etganligini ilgari surdi.

Giorgi Kvirikashvili bilan birgalikda mamlakat hukumati rahbariyati iste’foga ketadi. Kvirikashvili 2015 yil dekabridan e’tiboran ushbu lavozimda xizmat qilib kelayotgan edi.

Gruziya konstitutsiyasiga ko’ra, hukumatdagi “Gruzinskaya mechta” partiyasi 7 kun ichida bosh vazirlikka yangi nomzod va yangi vazirlar mahkamasi ro’yxatini prezident Giorgi Margvelashviliga taqdim etishi zarur.

 


Tanlangan kalimalar: #Gruziya , #Giorgi Kvirikashvili , #iste'fo

Aloqador xabarlar