Mattis: “Turkiyaning qonuniy manfaatlari uchun bir yo’l izlab topishga majburmiz”.

Jim Mattis NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari yig’ilishida ishtirok etish uchun Belgiya poytaxti Bryusselga jo’nab ketar ekan jurnalistlar savoliga javob berdi.

988162
Mattis: “Turkiyaning qonuniy manfaatlari uchun bir yo’l izlab topishga majburmiz”.

Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vaziri Jim Mattis, AQShning Turkiya bilan kelishib olgan Manbij yo’l xaritasi haqida,  

“Turkiya NATO uchun muhim a’zo hisoblanadi. Shunday ekan Turkiyaning qonuniy manfaatlari uchun bir yo’l izlab topishga majburmiz” dedi.  

Jim Mattis NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari yig’ilishida ishtirok etish uchun Belgiya poytaxti Bryusselga jo’nab ketar ekan jurnalistlar savoliga javob berdi.  

Shu doirada jurnalistlardan biri Mattisdan Turkiya bilan AQShning Manbij masalasida kelishib olishining Suriyadagi SDK degan nomdan foydalangan YPG/ PKK terror tashkilotining mamlakatning sharqida (DEASh terror tashkilotiga qarshi) olib borayotgan amaliyotlariga ta’sir qilib qilmasligi masalasini so’radi.

Turkiyaning xavfsizlik manfaatlari ustida ish olib borilayotganligini qayd etgan Mattis, AQSh bilan Turkiya Tashqi ishlar vazirlarining 4- iyun kuni Vashingtonda uchrashuv o’tkazganliklarini eslatdi.

NATO tarkibidagi bir davlatning qonuniy manfaatlarini qanday qo’lga olishlari va qanday orttirajaklari masalasi ustida faoliyat olib borganliklarini belgilab o’tgan Mattis o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Turkiya NATO uchun muhim a’zo hisoblanadi. U, Bashar al-Asad tomonidan Eron va Rossiya yordamida xalqiga olib kelingan falokatning biqinida o’rin olgan bir NATO a’zosidir. Shunday ekan Turkiyaning qonuniy manfaatlari uchun bir yo’l izlab topishga majburmiz” dedi.  

 



Aloqador xabarlar