Rossiya BAA bilan yaqin hamkorlik natijalaridan mamnun...

Rossiya va BAA tomonidan amalga oshirilgan qo’shma investitsiyalarning jami qiymati 2 mlrd dollarni tashkil qiladi.

984281
Rossiya BAA bilan yaqin hamkorlik natijalaridan mamnun...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin poytaxt Moskvada Abu Dabi valiahd shaxzodasi Muhammad bin Zayed Al Nahyan bilan uchrashdi.

Putin uchrashuv chog’ida Rossiya bilan BAA o’rtasida rivojlangan yaqin hamkorlikdan mamnun ekanligini tilga oldi.

Prezidentning ta’kidlashicha, neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEC) bilan olib borilayotgan hamkorlik neft bozoriga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Rossiya va BAA tomonidan amalga oshirilgan qo’shma investitsiyalarning jami qiymati 2 mlrd dollarni tashkil qiladi.

“Mamlakatlarimiz o’rtasida nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki xavfsizlik va siyosiy jihatdan ham hamkorligimiz tobora rivojlanib bormoqda”,-dedi Vladimir Putin.

Putin: “Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEC) bilan olib borilayotgan hamkorlik natijasida neft bozori barqarorlikka erishdi. Saudiya Arabistoni va neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEC) bilan hamkorligimiz davom etadi”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Vladimir Putin , #BAA , #hamkorlik , #OPEC

Aloqador xabarlar