Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Koreyaga safar qiladi

Tashrif chog’ida Sergey Lavrov Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bilan ikki tomonlama kun tartibi va Koreya yarim oroli atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi.

982205
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Koreyaga safar qiladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ertaga 31 may kuni rasmiy tashrif bilan Shimoliy Koreyaga safar qiladi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda ma’lum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 31 may kuni Koreya Xalq-Demokratik Respublikasiga rasmiy tashrifi amalga oshiriladi”,-deyiladi ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, tashrif chog’ida Sergey Lavrov Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bilan ikki tomonlama kun tartibi va Koreya yarim oroli atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi.

Shuningdek, muhim mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan 12 iyunda Singapurda rejalangan uchrashuvini bekor qilganligini ma’lum qilgandi.

Biroq, keyinchalik Shimoliy Koreya va AQSh delegatsiyalari prezident Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning ehtimoliy uchrashuviga doir diplomatik tayyorgarlikni tezlashtirgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya , #Rossiya , #Sergey Lavrov

Aloqador xabarlar