Isroil harbiy samolyotlari qamal ostidagi G’azoga zarba berdi

Guvohlarning ma’lum qilishicha, Isroil harbiy samolyotlari G’azoda islomiy jihodga oid ob’yektlarni portlatgan.

981476
Isroil harbiy samolyotlari qamal ostidagi G’azoga zarba berdi

Isroil harbiy samolyotlari qamal ostidagi G’azoga zarba berdi.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, Isroil harbiy samolyotlari G’azoda islomiy jihodga oid ob’yektlarni portlatgan.

Falastin davlat ma’muriyati qurbonlarning bor yoki yo’qligi haqida biron ma’lumot bermadi.

Hamas G’azoga Isroil tomonidan hujum qilinganligini tasdiqladi.

Isroil armiyasi G’azoga hujum qilganligini va u yerda ro’y bergan portlashlar ushbu hujumdan kelib chiqqanligini e’lon qildi.

Eslatma: Isroil hukumati bugun tongda G’azodan Isroilga tomon zambarakdan o’q uzilganligini iddao qilib, Hamas va islomiy jihod terrorchilik harakatini ayblagan edi.

“Isroil o’ziga zarar berganlarga og’ir jazo beradi”,-deb aytgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G’azoga zarba berishini imo qilgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Hamas , #Falastin , #G'azo

Aloqador xabarlar