Saib Ureykat:"Isroil Afrika davlatlaridan yordam izlanuviga kirishdi"

Falastin ozodlik tashkiloti bosh kotibi Saib Ureykat Isroil hukumati Falastindagi inshoot loyihalarini sotish uchun Afrika davlatlaridan yordam izlanuviga kirishganligini ma’lum qildi.

980165

U ushbu ma’lumotni “Angola” gazetasiga bergan bayonotida ma’lum qildi.

Saib Ureykat Afrika davlat ma’muriyatidan Isroilning ishg’olchi siyosatini tan olmasligini va uni boykot qilishini talab qildi.

“Isroil hukumati Falastindagi inshoot loyihalarini sotish uchun Afrika davlatlarining yordamini olishga harakat qilmoqda”,-dedi Saib Ureykat.

Uning ta’kidlashicha, Isroil Afrika davlatlari tomonidan qo’llab quvvatlanishga, ular bilan aloqa o’rnatishga va Afrika elchixonasini Al-Qudsga ko’chirishga jalb qilishga harakat qilmoqda.

“Dunyodagi eng ulug’ axloqiy munosabat Falastin xalqining tarixiy huquqini qo’llab quvvatlashdir”,-deya ta’kidlagan Saib Ureykat Afrika davlatlarini falastinliklarning haq-huquqlarini qo’llab quvvatlashga chaqirdi.

Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin , #Saib Ureykat , #Afrika

Aloqador xabarlar