TQK, Afrinda PKK/PYD va YPGga oid bir o'q-dori ombori belgiladi...

TQK Suriyaning Afrin tumanida o'tkazilgan operatsiyalar natijasida terror tashkiloti PKK/PYD va YPGga oid bir o'q-dori ombori topdi.

977368
TQK, Afrinda PKK/PYD va YPGga oid bir o'q-dori ombori belgiladi...

Turk qurolli kuchlari (TQK) Suriyaning Afrin tumanida o'tkazilgan operatsiyalar natijasida terror tashkiloti PKK/PYD va YPGga oid bir o'q-dori ombori topdi.

Bosh shtab boshqarmasidan berilgan bayonotga ko'ra, Zayton Novdasi operatsiyasi doirasida, TQK, Suriyaning shimolida o'z faoliyatlarini davom ettirmoqda.

TQK va Erkin Suriya Qo'shini (ESQ) tomonidan 20- Yanvar kuni boshlatilgan operatsiya doirasida 18- Mart kunidan e'tiboran nazorat ostiga olingan Afrinda tinch aholini qo'riqlash maqsadida mina va qo'lyasar portlovchilarni bartaraf etish faoliyatlari davom etmoqda.

Ushbu faoliyatlar doirasida terroristlarga tegishli bir o'q-dori ombori belgilandi. TQK, ushbu ombor bilan aloqali tasfirlarga ommaviy mediada o'rin berdi. Suratlarda, qo'l yasar portlovchi yasash uchun kerakli moddalar namoyish etildi.

TQK, Qiziloy va Bosh Vazirlik Tabiiy Ofatlar va Shoshilinch yordam boshqaruvi (AFAD) tomonidan ta'min etilgan insoniy yordamlarni hududga yetkazish uchun kerakli dastak berilmoqda.

Afrinda kundalik hayotning o'z maromiga qaytishi uchun olib borilgan faoliyatlar bilan, xalq huzurga erishmoqda.

Bosh shtab boshqarmasi bergan bayonotida, so'ngi bir haftada 52 aholi punktida tahminan 6 ming kishiga gumanitar yordam yetkazilgani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #TQK , #Afrinda , #o'q-dori imbori belgiladi

Aloqador xabarlar