Hasan Ruhoniy Pompeoning Eron haqidagi bayonotiga qattiq norozichilik bildirdi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh Davlat kotibi Mike Pompeoning Eron haqidagi bayonotiga qattiq norozichilik bildirdi.

976071
Hasan Ruhoniy Pompeoning Eron haqidagi bayonotiga qattiq norozichilik bildirdi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning qayd etishicha bugun butun dunyo davlatlari Amerika Qo’shma Shtatlarining o’zlari haqida qaror qabul qilishini qabul qilolmasligini bayon etgan.

Hasan Ruhoniy AQSh Davlat kotibi Mike Pompeoning AQShning yangi Eron siyosati va Eronga nisbatan kiritilishi rejalashtirilgan sanksiyalar haqidagi bayonotiga qattiq norozichilik bildirdi.

AQShning zo’rovonlik bilan o’z qarorini yo’lga qo’ydirish niyatida ekanligini lekin davlatlarning mustaqil ekanligini va bu vaziyatni qabul qilmaganliklarini tilga olgan Ruhoniy,

“Kechagina josuslik markazida ishlagan bir kishi bugun davlat kotibi lavozimida ish olib bormoqda. Nimalar qilinishi kerakligi haqida qaror qabul qilmoqda. Siz Eron va dunyo haqida qaror qabul qilolmaysiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

AQSh Davlat kotibi Pompeo AQSh tomonidan Erondan talab qilingan 12 ta moddalik bir ro’yhat tayyorlab, Eronga nisbatan “misli ko’rilmagan moliyaviy bosim” va “tarixdagi eng kuchli sanksiyalarning” kiritilajagini ma’lum qilgan edi.

Aytib o’tish joizki Pompeo, Tehron boshqaruvi aytganidan qaytmagudek bo’lsa unda Eron iqtisodiyotidagi oxirgi vaziyatning davom etishi uchun kurash olib borajagini aytgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar