Pokistonda 65 kishi jazirama issiqdan nobud bo’ldi

Pokistonda havo haroratining keskin isib ketishi aholi o’limlariga sabab bo’lmoqda.

976445
Pokistonda 65 kishi jazirama issiqdan nobud bo’ldi

Pokistonda havo haroratining keskin isib ketishi aholi o’limlariga sabab bo’lmoqda.

Mamlakat janubidagi Karachi shahrida uch kunda 65 kishi jazirama issiqdan nobud bo’lgan.

Edhi jamiyati rahbari Faysal Edhi ma’lum qilishicha, oxirgi uch kun ichida morglarga 114 kishining janozasi keltirilgan. Bulardan 65 nafari boshidan issiq o’tib ketganligi sababli hayotdan ko’z yumgan.

Qurbonlarning aksariyati 6-78 yoshlar orasida.

Karachida issiqlik harorati 45 darajagacha ko’tarilgan va namlik darajasi 78 foizga oshib ketgan.

Bu vaziyat mamlakatda elektr tarmoqlarining ham uzilishiga olib kelmoqda.

Karachini elektr bilan ta’minlovchi K-Electric shirkati kamchiliklar tufayli uzr so’ragan va xalqni elektrni tejashga chaqirgan.

Hind okeani sohilida joylashgan Karachi shahridagi jazirama issiqlik 23 maygacha davom etishi kutilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #issiq , #havo harorati , #o'lim

Aloqador xabarlar