Isroil mudofaa vaziri parlamentdagi falastinlik deputatlarni terroristga qiyosladi

“Isroil parlamenti deputati falastinlik Ayman Odeh va safdoshlarining joyi Isroil parlamenti emas, balki hibsxonadir. Endilikda ularning o’z qilmishlariga yarasha jazo oladigan vaqti yetib keldi”,-dedi Liberman Twitterdagi hisobida.

975250
Isroil mudofaa vaziri parlamentdagi falastinlik deputatlarni terroristga qiyosladi

Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Hayfada G’azoni qo’llab quvvatlash maqsadida o’tkazilgan namoyishlarda jarohatlangan kishining ahvoli bilan tanishish maqsadida shifoxonaga bordi.

Liberman u yerda politsiya bilan tortishgan Isroil parlamenti deputati falastinlik Ayman Odehni qamoqqa olish bilan tahdid qildi.

Liberman Twitterdagi hisobida Isroil parlamentidagi falastinlik deputatlardan iborat bo’lgan Birlashgan arab ro’yxati yetakchisi Odeh va uning safdoshlarini terroristga qiyosladi.

Uning ta’kidlashicha, Odeh va safdoshlari Isroil parlamentida qonunlarning kuchga kirishiga to’sqinlik qilmoqda.

“Odeh va safdoshlarining joyi Isroil parlamenti emas, balki hibsxonadir. Endilikda ularning o’z qilmishlariga yarasha jazo oladigan vaqti yetib keldi”,-dedi Liberman Twitterdagi hisobida.

Eslatma: Juma kuni Hayfa shahrida Isroil fuqarosi bo’lgan falastinliklar G’azoni qo’llab quvvatlash maqsadida namoyish o’tkazgan edi.

Isroil politsiyasi namoyishchilarga kuch ishlatib, 21 kishini qo’lga olgan edi.

Isroil politsiyasining zo’ravonligi oqibatida oyog’i singan Jafar Farah ismli falastinlik faol shifoxonaga yotkizilgan edi. Deputat Odeh uni shifoxonaga ko’rgani kelgach, Isroil politsiyasi bilan tortishgan edi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin , #G'azo , #namoyish , #Avigdor Liberman

Aloqador xabarlar