Iroqdagi saylov natijalariga qarshi uyushtirilgan namoyishlar davom etmoqda

Iroqdagi saylov natijalariga qarshi bundan 4 kun oldin uyushtirilgan namoyishlar haligacha davom etmoqda.

973401
Iroqdagi saylov natijalariga qarshi uyushtirilgan namoyishlar davom etmoqda

Iroqning Kerkuk shahrida turkmanlar, parlament sayloviga “xiylagarchilik aralashtirildi” degan iddio bilan 4 kun oldin namoyish uyushtirdi. Mazkur namoyish haligacha davom etmoqda.

Shahardagi hokimiyat idorasi oldida yig’ilgan namoyishchilarning qayd etishicha nafaqat Kerkuk balki yurt bo’ylab, turkmanlar yashagan barcha mintaqalardagi saylovlarga xiylagarchilik aralashtirilgan. Ular buning bartaraf qilinishini talab qilmoqda. 

Namoyishchilar bu muammoning hal qilinishini talab qilishdan voz kechmasliklarini ifoda etmoqda.

Aytib o’tish joizki turkmanlar 12-may, haftaning shanba kuni o’tkazilgan parlament saylovi ortidan, aholisining ko’pchiligini turkmanlar tashkil etgan mintaqalarda berilgan ovozlarning kurd partiyalari hisobiga sanalganligini iddio qilgan holda namoyish uyushtira boshlagan edi.  

Bunga qarshi Bosh vazir Haydar al-Abadiy, Kerkukdagi saylov muammosining hal qilinishi uchun “Kerak bo’lsa qo’lda sanab chiqilsin” degan edi.

Lekin Iroq qonunlariga ko’ra ovozlarning takror sanalishi uchun Oliy Saylov komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.

Mazkur komissiya hali hanuz bu haqida qaror qabul qilgani yo’q.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Kerkuk , #turkmanlar , #parlament saylovi

Aloqador xabarlar