Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, AQShning Tel Aviv elchiligini Al- Qudsga ko’chirishiga reaksiyasi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh)ning Tel Aviv elchiligini Al- Qudsga ko’chirishi, BMT qarorlariga zid ekanini ma’lum qilib mintaqaning tinchlik va barqarorligiga  zarar beradi dedi.

972411
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, AQShning Tel Aviv elchiligini Al- Qudsga ko’chirishiga reaksiyasi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh)ning Tel Aviv elchiligini Al- Qudsga ko’chirishi, BMT qarorlariga zid ekanini ma’lum qilib mintaqaning tinchlik va barqarorligiga  zarar beradi dedi.

Vazirlar mahkamasi yig’ilishda so’zga chiqqan Ruhoniy, AQSh va Isroil” Siyosiy o’yinlar bilan” dunyo  Musulmonlarini Al- Qudsdan  ayrish uchun urinmoqda.

AQSh Tel Aviv  elchiligini Al- Qudsga ko’chirishi,  BMT qaroriga zid ekanini ma’lum qilgan Ruhoniy, ushbu tashabbus mintaqaning tinchlik va barqarorligiga zarar beradi deb ma’lum qildi.

Ruhoniy,

“ Sionist rejim va AQSh, Falastin xalqiga yana ko’proq bosim qilib, qonuniy haqlaridan mahrum qilish yoki dunyo Musulmonlarini o’z tuproqlaridan ya’ni Al- Qudsdan ayirmoqchilar. Ushbu amallari juda katta xatadir. Al- Quds, siyosiy o’yinlar bilan bir yarim milliard  aholiga ega dunyo musulmonlaridan ayrilmas.” deb ta’kidladi.

Isroil G’azodagi hujumlari borasida ham to’xtagan Ruhoniy,

“ Nekbe kunida Musulmon Falastin xalqi qo’llari bo’sh bir shaklda maydonlarga chiqdilar. Barcha sionistlar qurolsiz tinch aholiga haqiqiy o’qlar bilan o’q uzganini ko’rdi. Falastin mazlum va erkin xalqini qonga buladilar va o’nlab kishini qatl etib minglab kishini yaraladilar.” Deb qayd etdi.

Ma’ruzasida AQSh o’lkasiga qarshi yangi sanksiyalar  olgan qarori borasida ham to’xtagan  Eron Prezidenti, sanksiya va urush tahdidlariga taslim bo’lmaymiz dedi.

Ruhoniy,

“ Eron xalqini bosim, embargo va urush tahdidlari bilan taslim olishlarini o’ylayotgan bo’lsalar  faqat Eron  xalqining qarshilik ko’rsatishi va qarorli uslubi bu tushunchaning yanglish ekanini ko’rsatdi.” deb ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Sionist , #Norozilik , #Hasan Ruhoniy

Aloqador xabarlar