Isroilning Anqara favqulodda elchisi Eitan Naehning o'lkadan chiqishi talab qilindi

Isroilning Anqara favqulodda elchisi Eitan Naeh, tashqi ishlar vazilrigiga chaqirilib ma'lum muddat o'lkadan chiqishi talab qilindi.

971631
Isroilning Anqara favqulodda elchisi Eitan Naehning o'lkadan chiqishi talab qilindi

Isroilning Anqara favqulodda elchisi Eitan Naeh, tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib ma'lum muddat o'lkadan chiqishi talab qilindi.

Eitan Haehga, G'azodagi hodisalar tufayli Isroilga norozichilik ko'rsatilgani bildirildi.

Elchiga, o'lkasiga qaytishining yaxshi bo'lishi bildirildi.

Tashqi ishlar vazirligi Falastindagi voqealardan keyin maslahatlashish maqsadida Turkiyaning Tel Aviv favqulodda elchisi Kemel O'ktem ham Anqaraga chaqirildi.

Bosh vazir o'rinbosari va hukumat voizi Bekir Bozdag',  kuni kecha bo'lib o'tgan vazirlar kengashi yig'ilishidan keyin bergan bayonotida, Turkiyaning Vashington va Tel Aviv favqulodda elchilarini maslahatlashish maqsadida Anqaraga chaqirilganini bildirgan edi.

Amerika qo'shma shatatlari (AQSh) prezidenti Donald Trump, 2017-yili 6-Dekabr kuni Al Qudsni Isroilning poytaxti sifatida tan olganini va Tel Avivdagi elchixonasini Al Qudsga ko'chirilishini ma'lum qilgan edi.

Trump norozichiliklarga qaramasdan AQShning Tel Avivdagi elchiligini kuni kecha marosim bilan Al Qudsga ko'chirdi.

Isroil askarlari, AQSh favqulodda elchiligining Al Qudsga ko'chirilishini va Isroilning tashkil topish yilligi bo'lgan Nakbananing (Buyuk Falokat) 70. yilligida norozichilik ko'rsatish uchun G'azo chegarasida uyushtirilgan namoyishlarga qatnashgan 60 nafar Falastinlikni qatl etgan va 2770 dan ziyod kishini esa yaralagan.

 

 



Aloqador xabarlar