BMT xavfsizlik kengashi G’azoda ro’y bergan hodisalar tufayli shoshilinch to’planmoqda

BMT bosh kotibi Antonio Guterres namoyishchilarga hujum qilayotgan Isroil askarlarini keskinlikni to’xtatishga chaqirdi.

971157
BMT xavfsizlik kengashi G’azoda ro’y bergan hodisalar tufayli shoshilinch to’planmoqda

BMT xavfsizlik kengashi G’azoda ro’y bergan hodisalar tufayli bugun shoshilinch to’planmoqda.

Ma’lumki, Isroil kuchlari G’azoda namoyish o’tkazayotgan insonlarni o’qqa tutdi. 59 nafar falastinlik halok bo’ldi. Yaradorlar soni 2000 dan ortiq.

BMT bosh kotibi Antonio Guterres Venada Avstriya bosh vaziri Sebastian Kurz bilan bo’lgan uchrashuvidan so’ng matbuotga bergan brifingda G’azodagi vaziyatni muhokama qildi.

Namoyishlarda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi xavotirlanarli vaziyat ekanligini tilga olgan Guterres namoyishchilarga haqiqiy o’qlar bilan hujum qilgan Isroil askarlarini keskinlikni to’xtatishga chaqirdi.

Guterresning fikricha, Hamas mintaqada davom etayotgan namoyishlarda turli gij-gijlovchi harakatlardan uzoq turishi zarur. Bu jihatdan Hamas zimmasida katta javobgarlik bor.

Bosh kotibning ta’kidlashicha, Falastin-Isroil muammosini hal qilishning birgina yo’li poytaxti Al-Quds bo’lgan ikki davlatli yechimdir. Buning boshqa yo’li yo’q.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Antonio Guterres , #G'azo , #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar