Donald Tramp NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan uchrashadi

Oq uy bayonotiga ko’ra, uchrashuv 17 may payshanba kuni Oq uyda bo’lib o’tadi.

969270
Donald Tramp NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan uchrashadi.

Mazkur uchrashuv 17 may payshanba kuni Oq uyda bo’lib o’tadi.

Oq uy bayonotiga ko’ra, uchrashuvda AQShning NATO ittifoqiga sodiq ekanligi yana bir bor tilga olinadi.

Shuningdek, iyul oyida Belgiya poytaxti Brusselda o’tkaziladigan NATO sammitiga tayyorgarlik, terrorizmga qarshi xalqaro kurash kabi mavzular ham muhokama qilinadi.

Eslatma: Tramp Stoltenberg bilan oxirgi marta o’tgan yilning aprel oyida Oq uyda uchrashuv o’tkazgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Oq uy , #Donald Tramp , #Jens Stoltenberg , #AQSh , #NATO

Aloqador xabarlar