Eronning diniy yetakchisi Hamaney:“Tramp! Sen xato qilding!”

Eronning diniy yetakchisi Oyatulloh Ali Hamaney kecha yadroviy kelishuvdan chiqishini ma’lum qilgan AQSh prezidenti Donald Trampni katta xatoga yo’l qo’yganlikda aybladi.

967483

Hamaney bu so’zlarni poytaxt Tehronda Ferhengiyan universiteti xodimlari huzurida so’zlagan nutqida gapirib o’tdi.

U AQSh prezidenti Donald Trampning kecha yadroviy kelishuvdan chiqish haqidagi qarorini tanqid qildi.

“Tramp! Sen xato qilding!”,-dedi Oyatulloh Ali Hamaney so’zlagan nutqida.

Hamaney:“AQSh prezidentining kechagi axmoqona ma’ruzasini tingladingiz. 10 dan ortiq yolg’on gaplarni aytdi. Eron rejimini va xalqini tahdid qildi. Men Eron xalqi nomidan aytamanki, janob Tramp siz xato qilyabsiz”,-dedi.

Aloqador xabarlar