Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tabrikladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga navbatdagi prezidentlik vakolatlarini bajarishga kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

966227
Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tabrikladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga navbatdagi prezidentlik vakolatlarini bajarishga kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

Bu haqda Oq uy vakili Sara Sanders ma’lum qildi.  

“Prezident Tramp Putinni tabriklaydi va biz Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni yo'lga qo'yadigan davrni umid bilan kutib qolamiz”,-dedi Sanders savolga javoban.

“AQSh har bir insonning mustaqil ovoz berish huquqi va tinchliksevar maqsadda to’planishga haqqi borligiga ishonadi”,- dedi u Rossiyada o'tgan muxolifat namoyishlari haqidagi savolga javoban.

Eslatma: Tramp mart oyida bo’lib o’tgan saylovda takror g’alaba qozongan Vladimir Putinga qo’ng’iroq qilib samimiy tabrikladi.

Eslatish joizki, 7 may dushanba kuni Kreml saroyida Vladimir Putinning inauguratsiyasi marosimi bo'lib o'tdi.

Putin qasamyod keltirib, 4-marotaba Rossiya prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi.

U inauguratsiyasi marosimida rossiyaliklarga saylovlarda o'z nomzodini qo'llab quvvatlashgani uchun minnatdorlik bildirdi.

“Rus xalqi va Rossiya oldida juda katta mas’uliyatim borligini bilib turibman. Xalqimizning tinch-totuv va porloq kelajakda yashashi uchun qo’limdan kelgancha g’ayrat qilaman",-deb aytgan Putin inauguratsiyasi marosimida.

Dastlab 2000 yili prezident etib saylangan Putin 2004 yilda takror lavozimga saylandi.

Rossiya konstitutsiyasi ikki muddatdan ortiqcha prezident sifatida saylanishga yo’l qo’ymaganligi tufayli, 2008-2012 yillarda bosh vazirlik lavozimini zimmasiga olgan Putin, 2012 yilda bo’lib o’tgan saylovlarda 63.6 foiz ovoz olib, takror prezident etib saylangan edi.

Vladimir Putin shu yilning 18 mart kuni bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarida 76,69 foiz ovoz to'plab, takror g'alaba qozondi.

Putin prezidentlik vazifasini 2024 yilga qadar davom ettiradi.

 

 

 



Aloqador xabarlar