Putin bugun Rossiya Davlat rahbari lavozimiga kirishdi

Rossiyada Vladimir Putin poytaxt Moskvada uyushtirilgan inauguratsiya marosimida ont ichib, Davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

965623
Putin bugun Rossiya Davlat rahbari lavozimiga kirishdi

Rossiyada Vladimir Putin poytaxt Moskvada uyushtirilgan inauguratsiya marosimida ont ichib, Davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

Putin, Kreml saroyida uyushtirilgan va qariyb 3000 kishi tashrif buyurgan marosim ortidan Davlat rahbari vazifasini rasmiy ravishda boshladi.

Rossiyaning telekanallarida jonli efir orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan marosimda Putin, shaxsini takror davlat rahbari etib saylagan xalqiga minnatdorchilik bildirib ortidan xalqqa murojaat qildi va shu doirada,

“Rus xalqi oldidagi javobgarchiligimni yaxshi bilaman. Shunday ekan xalqimizning tinch va totuv yashashi va mamlakatning kelajagi uchun qo’limdan kelishicha mexnat qilaman” dedi.

Aytib o’tish joizki Vladimir Putin birinchi marotaba 2000-yili Davlat rahbari etib saylangan edi. Ayni lavozimga ikkinchi marotaba 2004-yili saylangan Putin, Rossiya konstitutsiyasining ketma-ket 2 muddatdan ko’p mazkur lavozimda qo’lishini man etganligi uchun 2008-2012 yillari Bosh vazirlik lavozimini o’z zimmasiga olgan. Ortidan 2012-yili o’tkazilgan saylovda 63.6 foiz ovoz olish orqali takror Davlat rahbari etib saylangan.

Joriy yilning mart oyida uyushtirilgan saylovda 76.69 foiz ovoz olish orqali Vladimir Putin shu bilan to’rtinchi marotaba 2024-yilgacha Rossiya Federatsiyasini boshqarish huquqini qo’lga kiritdi.



Aloqador xabarlar