Ruhoniy, AQShni, yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan shartnoma borasida ogohlantirdi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Eronga oid raketalarning muzokara qilinmasligini eslatgan holda Amerika Qo’shma Shtatlarini ogohlantirdi.

965046
Ruhoniy, AQShni, yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan shartnoma borasida ogohlantirdi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Eronga oid raketalarning muzokara qilinmasligini eslatgan holda Amerika Qo’shma Shtatlarini ogohlantirdi. Hasan Ruhoniy shu doirada, “Amerika Qo’shma Shtatlari yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan shartnomadan bosh tortgudek bo’lsa pushaymon bo’ladi” dedi.

Eronning Sebzivar shahrida xalqqa xitob etgan Ruhoniy, yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan shartnoma doirasida raketa faoliyatlarining muzokara qilinmasligini, Eronning raketa va qurol-yaroq ishlab chiqarib, ularni saqlashni davom etajagini ifoda etdi.

Ruhoniy o’z so’zida,

“Biz mudofaa qurollari masalasini hech kim bilan muzokara qilib o’tirmaymiz. Kerakli raketa va qurol-yaroq ishlab chiqarib ularni saqlashni davom etamiz” deya gapirdi.  

AQShning 40 yildan beri Eron haqida noto’g’ri qarorlar qabul qilganligini eslatgan Prezident, Amerika Qo’shma Shtatlari yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan shartnomadan bosh tortgudek bo’lsa tarixiy xatoga yo’l qo’yishini ilgari surdi shuningdek o’z so’zida,

“AQSh yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan shartnomadan bosh tortgudek bo’lsa pushaymon bo’ladi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Bu borada dunyo davlatlari bilan muloqat qilishni xohlaganliklarini eslatgan Hasan Ruhoniy, AQSh Prezidenti Donald Trump tomonidan, shanba kuni qabul qilinadigan yadroviy dastur bo’yicha tuzilgan shartnomadan bosh tortish yoki tortmaslik haqidagi qarorga qarshi o’z  rejalarining tayyor ekanligini qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar