Eronda Telegramdan foydalanish taqiqlandi...

Eron Davlat rahbari Hasan Ruhoni, Telegram aloqasini taqiqlash qarorining hukumat tomonidan olinmaganini va bu qarorni tasdiqlamaganini izohladi.

964443
Eronda Telegramdan foydalanish taqiqlandi...

Eron Davlat rahbari Hasan Ruhoni, o'lkasidagi eng ommabob xabarlashuv tarmog'i Telegram aloqasini taqiqlash qarorining hukumat tomonidan olinmaganini va bu qarorni tasdiqlamaganini izohladi.

Instegram orqali mavzuga doir bayonot bergan Ruhoni, Eron sudining o'lkadagi eng ommabob xabarlashuv tarmog'i Telegram bilan aloqani uzish qarorini qoraladi.

Ruhoni, "Telegremdan foydalanishni taqiqlash qarori na hukumat tomonidan boshlatilgan na hukumat tasdiqlagan bir kirishuv" deb ifoda etdi.

Hukumat siyosatining internetni nazorat qilish emas, xavfsizlashtirish bo'lganini qayd etgan Ruhoni, "Hozirgi kungacha hech qaysi bir ijtimoi media yoki xabarlashuv tarmog'i hukumat tomonidan tosiqlanmadi va to'siqlanmaydi" deb ifoda etdi.

Ruhoniga norozichilik ko'rsatgan o'lkadagi din arboblaridan Ayetullah Mahmud Rejebi esa Telegramni sud tomonidan taqiqlash qarorini huquq doirasida bo'lganini va Davlat rahbarining bu qarorga qarshilik ko'rsatish haqi bo'lmaganini mudofaa etdi.



Aloqador xabarlar